Qanday maʼlumot toʻplanadi
| Maʼlumot | Nima uchun |
|---|---|
| Telefon raqami | SMS kod bilan kirish va hisobingizni aniqlash |
| Telegram ID, username va ism | Telegram orqali kirgan boʻlsangiz — hisobni aniqlash va botdan xabar yuborish |
| Ism | Ilovada va reytingda sizga murojaat qilish (ismni oʻzingiz kiritasiz yoki Telegramdan olinadi) |
| Sinf va tanlangan fanlar | Savollarni darajangizga moslash |
| Oʻquv natijalari | Yechilgan testlar, javoblar, xatolar, XP, seriya, yutuqlar, turnir natijalari — statistika, xatolar ustida ishlash va reyting uchun |
| Bildirishnoma tokeni | Eslatma va xabarlarni qurilmangizga yuborish |
| Ilovadan foydalanish (anonim nomlar) | Qaysi boʻlim va funksiyalar ishlatilayotganini bilish, ilovani yaxshilash. Matnlaringiz yoki javoblaringiz yuborilmaydi |
| Xatolik hisobotlari | Ilova ishdan chiqqanda texnik maʼlumot (qurilma modeli, tizim versiyasi, xato matni) — xatolarni tuzatish uchun |
| IP manzil | Faqat koʻp urinishlardan himoya (masalan, SMS kodni taxmin qilish) — qisqa muddat saqlanadi |
Biz joylashuvingiz, kontaktlaringiz, rasmlaringiz yoki boshqa ilovalardagi faoliyatingizni toʻplamaymiz. Natija kartasini galereyaga saqlasangiz, rasm faqat qurilmangizda qoladi.
Maʼlumot kimga uzatiladi
Maʼlumotingiz sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi. U faqat ilova ishlashi uchun quyidagi xizmatlar orqali oʻtadi:
- Google Firebase — bildirishnomalar (Cloud Messaging), ilovadan foydalanish statistikasi (Analytics) va xatolik hisobotlari (Crashlytics). Reklama maqsadidagi kuzatuv oʻchirilgan.
- SMS provayder (DevSMS) — kirish kodini telefoningizga yetkazish uchun faqat raqamingiz va kod.
- Telegram — Telegram orqali kirsangiz yoki botdan foydalansangiz.
Qonun talab qilgan hollar bundan mustasno.
Reyting va boshqa foydalanuvchilar
Reyting va turnir jadvallarida boshqa foydalanuvchilar ismingiz va XPingizni koʻradi. Telefon raqamingiz hech kimga koʻrsatilmaydi.
Qancha vaqt saqlanadi
Maʼlumotlar hisobingiz mavjud ekan saqlanadi. Hisob oʻchirilganda shaxsiy maʼlumot va natijalar bazadan butunlay oʻchiriladi. Xatolik hisobotlari 90 kundan keyin avtomatik oʻchadi.
Hisobni oʻchirish
- Ilovada: Profil → Sozlamalar → Hisobni oʻchirish → tasdiqlang. Hisob darhol oʻchiriladi.
- Ilovasiz: hisobni oʻchirish sahifasi orqali soʻrov yuboring.
Yosh
Aqlly maktab oʻquvchilari va abituriyentlar uchun moʻljallangan. 16 yoshga toʻlmagan boʻlsangiz, ilovadan ota-onangiz yoki vasiyingiz roziligi bilan foydalaning.
Huquqlaringiz
Siz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotni koʻrish, tuzatish yoki oʻchirishni soʻrashingiz mumkin. Ismingizni ilovadagi Sozlamalarda oʻzgartirasiz, qolgan soʻrovlar uchun bizga yozing.
Bogʻlanish
Savollar boʻlsa: buxorovbahodir11@gmail.com yoki Telegram @BahodirBuxoriy.
Oʻzgarishlar
Siyosat oʻzgarsa, shu sahifa yangilanadi va pastdagi sana oʻzgaradi.