Ilovaning oʻzida — darhol
Ilovaga kira olsangiz: Profil → Sozlamalar → Hisobni oʻchirish → tasdiqlang. Hisob va quyidagi maʼlumotlar shu zahoti oʻchiriladi.
Ilovaga kira olmasangiz — soʻrov yuboring
Quyidagi ikki yoʻldan biri bilan murojaat qiling — qaysi biri qulay boʻlsa:
Xabaringizda hisobingizni aniqlash uchun quyidagini yozing:
- SMS kod bilan kirgan boʻlsangiz — telefon raqamingiz (masalan +998 90 123 45 67).
- Telegram orqali kirgan boʻlsangiz — Telegram usernameingiz (masalan @username).
- Soʻrovingiz mazmuni: «Hisobimni va maʼlumotlarimni oʻchiring».
Soʻrov kelgach, hisobingiz haqiqatan sizniki ekanini tasdiqlash uchun bir marta javob yozamiz — shundan keyin oʻchirish bajariladi.
Qaysi maʼlumot oʻchiriladi
Hisob oʻchirilganda quyidagilar bazadan butunlay oʻchiriladi va tiklab boʻlmaydi:
| Maʼlumot | Tavsif |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumot | Ism, familiya, telefon raqami |
| Telegram bogʻlanishi | Telegram ID va username |
| Oʻquv natijalari | Yechilgan testlar, javoblar, sinov imtihonlari |
| Oʻyin maʼlumotlari | XP, daraja, seriya (streak), yutuqlar, qalqonlar |
| Reyting va turnirlar | Umumiy reytingdagi va turnirlardagi natijalar |
| Qurilma | Push bildirishnoma uchun saqlangan qurilma tokenlari |
| Taklif (referral) | Sizni taklif qilgan va siz taklif qilgan foydalanuvchilar bilan bogʻlanish |
Qaysi maʼlumot saqlanib qolishi mumkin
- Ismsiz (anonim) statistika — nechta test yechilgani kabi umumiy raqamlar. Ular hech qanday shaxs bilan bogʻlanmaydi va sizni aniqlashga yaramaydi.
- Xatolik hisobotlari — ilova xato berganda yuboriladigan texnik maʼlumot (qurilma modeli, tizim versiyasi, xato matni). Ularda ism, telefon raqam yoki javoblaringiz boʻlmaydi va 90 kundan keyin avtomatik oʻchadi.
- Telegram bot bilan yozishmalaringiz Telegram serverlarida qoladi — bu bizning emas, Telegramning tizimi. Ularni Telegram ilovasidan oʻzingiz oʻchirasiz.
Hisobni qayta ochish
Oʻchirilgandan keyin oʻsha telefon raqami yoki Telegram akkaunti bilan qaytadan roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin, lekin eski XP, seriya va natijalar tiklanmaydi — ular butunlay oʻchirilgan boʻladi.